Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
7 Fev, 2012

Endi «Maktub»ni tinglaymiz!

MaktubEndi o'zbek estradasining o'z «Maktub»i bor. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak. Shou-biznesimizda yana bir yangi guruh o'z faoliyatini boshladi. «Maktub» deb nom olgan mazkur guruh o'zlarining ilk taronalarini keng ommaga taqdim etishga ham ulgurdilar.

Farhod va Ravshan ismli yoshlardan tashkil topgan «Maktub» guruhi ilk ijod namunasini hozirda turli radioto'lqinlar uzra taqdim etmoqda. Bugun esa bizning portalimiz orqali ham ularning «Sen va men» deb nomlangan ilk qo'shiqlarini qarshi olishingiz mumkin. Yana bir ma'lumot, bu guruh «Benom» guruhi yigitlarining shogirdlari hisoblanadi. Sarvar va Komil «Maktub» guruhiga badiiy rahbarlik vazifasini ham o'tab, yo'l-yo'riq ko'rsatmoqdalar. Hozirda yosh guruh uchun yana 2 tarona yozilmoqda. Albatta, «Benom»chilar tomonidan. Hozir sizning hukmingizga «Maktub» guruhining «Sen va men» nomli ilk qo'shig'ini havola etamiz.

 

«Maktub» guruhining «Sen va men» qo'shig'ini ko'chirib oling

Maktub

Maktub

Maktub


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *