Endi Dilfuza Rahimovada ham sayt bor!
Xushovoz xonanda Dilfuza Rahimovaning ijodiy faoliyatiga qiziquvchilar muxlislar diqqatiga ajoyib yangilik: Dilfuza Rahimovaning rasmiy sayti o'z faoliyatini boshladi! Endilikda siz www.dilfuza.uz manzili orqali xonandaga oid ma'lumotlardan boxabar bo'lib borishingiz mumkin.
«COOL» — dizayn studiyasi tomonidan tashkil qilingan mazkur sayt siz azizlarga ma'qul keladi, degan umiddamiz. Saytdan Yangiliklar, Biografiya, Audio, Video, Foto hamda Fan-klub sahifalari o'rin olgan. Saytga oid barcha fikr-mulohazalaringizni saytning Fan-klub sahifasida yozib qoldirishingiz mumkin va albatta mazkur yangilik ostida ham izoh tarzida yozib qoldirish imkoniyatiga egasiz. Marhamat, saytga tashrif buyuring va unga baho bering.
Saytga tashrif buyurish uchun yo'llanma