Endi bizning ham fan-klubimiz bor!
Har bir mavqega erishgan yulduz yoki ijodiy guruhning o’z fan-klubi borligi hech kimga sir emas. Mana bugundan e’tiboran Shou-biznes olami portalining ham o’z muxlislaridan tashkil topgan fan-klubi mavjud!Portalimizning Kozim Ismoilov hamda Sherzod ismli foydalanuvchi-muxlislari tashabbusi bilan bizning fan-klub ham tashkil etildi. Agarda kimda-kim fan-klubga a’zo bo’lishni istasa fun@sb.uz manziliga maktub yo’llashingiz mumkin. Yaqin kunlarda fan-klubga a’zo bo’lish uchun maxsus so’rovnoma ham siz azizlar uchun taqdim etiladi. Shu o’rinda fan-klub uchun ham logotip tayyorlash lozimligini va bu ma’suliyatli ishni aynan siz aziz muxlislarga ishonib topshirishimizni ma’lum qilamiz. Logotip tayyorlab info@sb.uz manziliga yo’llashingizni so’raymiz.