Eldor Bekdan yangi tarona — «Ko’zmunchoq»!
Xonandalikdagi ijodi bilan ko’pdan-ko’p yutuqlarni qo’lga kiritayotgan Eldor Bek yaqinda o’zining «Ko’zmunchoq» taronasini muxlislar e’tiboriga havola qilish niyatida.
Ushbu taronaning so’zlari Ahad Qayumga tegishli bo’lib, musiqasi Eldor Bekning o’zinikidir. Tarona yaqin kunlar ichida fm to’lqinlari orqali o’z jarangini sochadi. Taronaning ommalashuviga xonanda katta umid bog’lagan.