Eldor Bekdan o'zgacha klip!
O'zining ilk klipi bilan ozmi-ko'pmi shuhrat qozona olgan Eldor Bek navbatdagi klipini umuman o'zgacha uslubda oldirdi. Klipni tomosha qilgan muxlis qanday fikrga kelishi xonanda uchun ham juda qiziq ekanligini yashirib o'tirmadi.
Klipni agar rassomlar tili bilan aytadigan bo'lsak, badiiy asar singari qabul qilishimiz mumkin. Ayni damda o'z yo'nalishi ustida izlanayotgan xonanda Eldor Bekning navbatdagi klipi bizning portal orqali prem'era tarzida e'tiboringizga havola etilmoqda. Quyida klipdan doimgidek fotolavhalar hamda klipni ko'chirib olish yo'llanmasi o'rin olgan. Marhamat, klipni ko'chirib oling, tomosha qiling va unga baho bering.