Eldor Bekdan hayoti qo'shiqqa ko'chirildi…
Estrada olamida tobora o'z o'rnini topib borayotgan xonanda Eldor Bek yana bir yangi qo'shi'ini yozib tugatdi. Qo'shiq «Seni sevib» deb nomlanadi.
Zamonaviy estrada yo'nalishida kuylangan ushbu qo'shiqning matn va musiqa muallifi Eldor Bekning o'zi hisoblanadi. Eng qizig'i «Seni sevib» qo'shig'i Eldor Bekning o'z hayotidan olingan. Iyul oyida esa mazkur tarona uchun klip ham suratga olinishi rejalashtirilgan. Demak, bu hayotiy taronani klipi ham hayotiy voqealarga asoslangan bo'lsa, ajab emas!