Eldor Bek «Sekin-sekin» qo'shig'ini kuylamoqda!
O'ziga xos tarzda ijodini boshlagan va hozirda ham o'z ijodiy yo'nalishi ustida izlanish olib borayotgan Eldor Bek o'z ijodini sekin-sekin davom ettirmoqda. Yaqindagina Eldor Bekdan «Qismatim mening» taronasiga ishlangan antiqa klipni qarshi olgan edik. Endi navbat qanday taronaga keldi ekan?
Yosh xonandaning yangi taronasi «Sekin-sekin» deb nomlanadi. Balki, xonanda shu qo'shig'i orqali o'z ijodini sekin-sekin davom ettirayotganini ma'lum qilmoqchi bo'lsa ajab emas. Mazkur qo'shiq musiqasi va aranjirovkasi Eldor Bekning ijodidan, qo'shiq matni esa Bobur Bobomurod qalamiga mansub. Qo'shiq prem'erasi 22 iyul kuni «Turkiston» saroyining yozgi binosida o'tkaziladigan «A'lo FM» radiosining 4 yillik to'yiga bag'ishlangan konsert dasturida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Albatta bundan so'ng tez orada barcha radioto'lqinlari orqali jarang socha boshlaydi. Undan so'ng esa klip ham suratga olinishi mo'ljallangan.