Eldor Bek «Muhabbat zanjiri» bilan kishanlandi!
Ha, bu ayni haqiqat. Yangilik sarlavhasining yechimini sizga mana shu yangilikni davomida keltirib o'tamiz. Avval esa, Eldor Bek hozirda jo'shqin ijodga berilib ketganligini ma'lum qilamiz.
«Muhabbat zanjiri» — bu yangi zamonaviy melodrama janridagi filmdir. Mazkur kartinada albatta muhabbat atalmish tuyg'iga janjirband etilgan qahramonni ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Filmdagi asosiy qahramonlardan birining rolini aynan Eldor Bek talqin etayotgani ham alohida e'tiborga molikdir. Film qish fasliga qadar katta ekranlarga taqdim etilishi kutilmoqda. Eldor Bekni muhabbat zanjiri qay darajada kishanlaganligini, film katta ekranni ko'rgachgina bilib olishimiz mumkin bo'ladi.