Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 May, 2011

Eldor Bek hamda mega yulduz Maksim endi birga!

Eldor Bek va MaksimEstradamizning umidli yulduzlaridan biri Eldor Bek ijodi haqida doimiy ravishda yoritib kelishda davom etmoqdamiz. Uning navbatdagi yangiligi barchani e'tiborini tortishi aniq! Zero, Eldor Bek hamda Maksim endi birgalikda…

Biz bu ikki ijodkornig xonandalikdan tashqari, bastakor va shoirlik borasida ham bir qator ishlarni amalga oshirishganligidan xabarimiz bor. Xo'sh, Maksim hamda Eldor Bek birgalikda qay ko'rinishda hamkorlikni yo'lga qo'yishdi? Mana shu savolga oydinlik kiritish uchun biz Eldor Bek bilan bog'lanishga qaror qildik va Eldordan Maksim bilan birgalikda duet qo'shiq ustida ish boshlanganligi haqida ajoyib xabardan voqif bo'ldik. Qo'shiq albatta rus tilida bo'ladi. Qo'shiq yo'nalishi ham Maksimning ijodiga yaqinroq bo'lishi ko'zda tutilgan. Ammo, qo'shiq mazmuni va uning qayerda yozilishi hozircha sir saqlanmoqda.

SB.uz portali albatta bu ma'lumotlarning barchasini aniqlashtirishga harakat qiladi va siz azizlarga bu ikki ijodkorning hamkorlik natijalari haqida ma'lum qilib boramiz.

Eldor Bek va Maksim


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 78 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *