Eldor Bek endi rep kuylaydimi?
Qisqa vaqt ichida estradamiz olamida o'z o'rnini topishga ulgurgan Eldor Bek endi rep yo'nalishida yangi qo'shiq kuyladi. «47 TS» guruhi bilan birgalikda duet tarzida ijro etilgan mazkur qo'shiq ingliz va o'zbek tilida bo'lib, tarona «I'm so sorry» deb nom oldi.
Qo'shiqning matn mualliflari Dara Star va Uma. Musiqasini esa AKON! ! ! bastalagan. Eldor Bek ta'kidlashicha, bu uning «47 TS» guruhi bilan oxirgi dueti emas ekan. Siz maskur «I'm so sorry» taronasini portalimizning «Audio» sahifasidan ko'chirib olishingiz mumkin.