Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
29 Sen, 2009

Eksklyuziv klip: «Bojalar» — «Halima holaning 9 ta qizi»!

Bojalar - Halima holaning 9 ta qizi«Halima holaning 9 ta qizi»… «Bojalar» guruhining navbatdagi qo’shig’i aynan shunday nom oldi. Ushbu qo’shiq ko’plab savollarga barham berishi shubhasiz. «Bojalar» guruhining taqdiri endi nima bo’ladi? Jahongir Poziljonov ijodni davom ettiradimi yoki yo’q? Mo’min Oripovning o’rniga boshqa xonanda guruh tarkibiga qo’shilarmikin? Savollarga javob oling!

Jahongir Poziljonov haqidagi turli mish-mish va gap-so’zlarga va nihoyat chek qo’yamiz. Sevimli ijodkorimiz ijodga yana jiddiy kirishishni boshladi. Sog’ligi kun sayin tiklanib bormoqda. Bevosita yuqoridagi savollarga to’xtaladigan bo’lsak, «Bojalar» guruhi ijodni davom ettiradi. Mo’min Oripovning o’rnini hech kim bosa olmasligini Jahongir Poziljonov juda ko’p bora, ko’p jurnalistlarga aytib o’tgani kabi bizga ham shu javobni yetkazdi. Mo’minning o’rnini hech kim bosolmaydi. Endilikda Jahongir yakkaxon tarzda ijod qiladi, ammo «Bojalar» guruhi nomi ostida! Demak, guruhning yangi klipini qarshi olamiz va unda Mo’min Oripovning farzandi Bilolxo’jani ham ko’rishingiz mumkin ekanligini aytib o’tamiz. Quyida klipdan fotolavhalar taqdim etiladi. Eslatib o’tamiz, tez kunlarda Jahongir Poziljonov bilan maxsus intervyuni taqdim etamiz. Barcha savollaringizni info@sb.uz manziliga «Jahongir Poziljonovga savol!» deb yo’llashingiz so’raladi.

Klipni ko’chirib olish

Bojalar - Halima holaning 9 ta qizi

Bojalar - Halima holaning 9 ta qizi

Bojalar - Halima holaning 9 ta qizi

Bojalar - Halima holaning 9 ta qizi

Bojalar - Halima holaning 9 ta qizi

Bojalar - Halima holaning 9 ta qizi

Bojalar - Halima holaning 9 ta qizi

Bojalar - Halima holaning 9 ta qizi

Bojalar - Halima holaning 9 ta qizi

Bojalar - Halima holaning 9 ta qizi

Bojalar - Halima holaning 9 ta qizi

Bojalar - Halima holaning 9 ta qizi

Bojalar - Halima holaning 9 ta qizi


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 66 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *