Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Eksklyuziv fotoreportaj: «Bolalar Show 2014»!!!
8 Mart, 2014

Eksklyuziv fotoreportaj: «Bolalar Show 2014»!!!

Bolalar Show 2014O’zbek estradasining yorqin yulduzi «Bolalar» guruhining yakkaxoni shu kunlarda «Istiqlol» san’at saroyida «Bolalar Show 2014″ konsert dasturini taqdim etmoqda. SB.uz portali ijodiy jamoasi esa, mazkur konsert dasturidan tayyorlangan eksklyuziv fotoreportajni e’tiboringizga tortiq etishga tayyor.

 

Bugun biz siz azizlarning e’tiboringizga «Bolalar Show 2014″ konsert dasturining 7-mart kuni bo’lib o’tgan 1-kunidan tayyorlangan maxsus fotoreportajni taqdim etamiz. Tohir Sodiqov o’z guruhi bilan birgalikda navbatdagi o’z shousini taqdim etdi. Bu galgi shouda ilk bor «3D mapping» shousi ham bo’lib o’tishi ko’zda tutilgan edi. Biroq, ba’zi texnik sabablarga ko’ra ushbu shou ko’ngildagidek amalga oshmay qoldi. Biroq, Tohir Sodiqov tashrif buyurgan muxlislari uchun boshqacha sovg’a ham hozirlab qo’ygan edi. Ya’ni, konsert dasturida ijro etilgan taronalarning aksari jonli ijroda kuylanganligi tahsinga loyiq. Konsert dasturida «Bolalar» guruhining bir necha yillik tarixga ega bo’lgan hitlari bilan bir qatorda, eng yangi qaynoqqina qo’shiqlar ham jarang sochdi. Konsert dasturida Tohir Sodiqovning bir qator shogirdlari ham o’z qo’shiqlari bilan chiqish qildilar. Ular orasida «Bojalar» guruhi yakkaxoni Jahongir Poziljonov ham bor edi. Shuningdek, konsert davomida va’da qilinganidek AQSHdan keltirilgan gitaralarning birinchi o’ynaldi.

Quyida bizning hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchilari G’ayrat Ubaydullaev hamda Ibrohim Boymuhammedov tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 296 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *