Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Iyun, 2012

«DuTOR» Rossiyaga ham yetib bordi!!!

Eldor Bek RossiyadaBugun «DuTOR» guruhidan 2ta ajoyib yangilik bor. Har ikki yangilik ham guruh muxlislarini xushnud etishi aniq. Ulardan biri yangi albom haqida bo'lsa, ikkinchisi guruh a'zolaridan biri Eldor Bekning Rossiyada malaka oshirib qaytganligi haqidadir. Biz har ikki yangilik quvonchiga sherikmiz. Ayniqsa, portalimizning 5-yillik konsert dasturida yelib-yugurib hizmat qilgan Eldor Bekning yutuqlaridan juda ham hursand bo'ldik.

O'z ijod namunalarini tinimsiz taqdim etayotgan «DuTOR» guruhi yigitlari, Eldor BEK va Azeez AKA bugungi kunda o'zlarining jonli ijro mahoratlari ustida ham ertayu kech ishlamoqdalar. Ushbu tayyorgarlikning asosiy sababi esa, 25 iyun kuni, soat 17:00da O'zbekiston Davlat konservatoriyasida bo'lib o'tadigan jonli ijro festivalidir. Ushbu tadbirda «DuTOR» guruhining vakillari o'zlarining ikkita yorqin taronalarini taqdim etadilar.  Bundan tashqari yozning iyul, avgust oylarida «DuTOR» guruhining ilk «Yolg'iz» deb nom olgan  albomlarininng chiqishi kutilmoqda. Albom o'z ichiga 20ga yaqin qo'shiqni olgan bo'lib, 100% sokin va romantik qo'shiqlardan iborat bo'ladi. Ushbu albomdan «DuTOR»chilarning AQSH, Rossiya va boshqa davlatlarning yosh, iste'dodli san'atkorlari bilan hamkorlikdagi qo'shiqlari ham joy oladi.

Yana bir yangilik: Rossiyaning Bryansk shahrida «Jahon ta'lim makonida madaniyat va san'at oliy ta'lim muassasalari» oltinchi xalqaro simpoziumi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston davlat madaniyat va san'at institutidan ikki nafar yosh mutaxassislar qatnashishdi. Ularning tashrifi Rossiya Federatsiyasining «Kelajak avlod» dasturi doirasida amalga oshirildi. Mutaxassislardan biri bu «DuTOR» guruhi xonandasi Eldor Bek bo'ldi. Ovoz rejissorligi bo'yicha aspiranturada tahsil olayotgan xonanda yaqin kunlarda guruhning ilk yakkaxon konsertiga ham tayyorgarlik ko'rilayotganini ma'lum qildi. Rossiya safarida Eldor Bek maxsus diplom bilan ham taqdirlangani e'tiborga molik. Xabaringiz bor «Iosis» kompaniyasi prodyuserligida ish olib borayotgan ushbu guruh tashkil topganidan buyon bir qator rus san'at yulduzlari bilan hamkorlik qilishga ham ulgurdilar. Endi esa san'atga oid simpoziumlarda ham ishtirok etishyapti. Demak, ijodiy va ilmiy ishlar ham bir maromda olib borilmoqda. Izlanishlari yo'lida ularga omad tilaymiz.

Eldor Bek Rossiyada

Eldor Bek Rossiyada

Eldor Bek Rossiyada

Eldor Bek Rossiyada

Eldor Bek Rossiyada

Eldor Bek Rossiyada

Eldor Bek Rossiyada

Eldor Bek Rossiyada

DuTOR


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 60 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *