Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Dek, 2011

«Dushmanimdan kutganim, do'stimdan topdim»!

Alisher RahmatullaevAlisher Rahmatullaev haqida bir-ikki maqola chop etganimizdan so'ng u haqida qiziquvchi muxlislar murojaat etishni boshlashdi. Muxlislarning talablari, u haqida nafaqat ma'lumotlar, balki yangi qo'shiqlar va yangi fotosuratlarini ham portalimizda joylashtirishimiz haqida bo'ldi. Biz ularning talablarini inobatga olgan holda Alisher Rahmatullaevning «Bale-bale» nomli sho'x taronasini bugun sizlarga taqdim etishga qaror qildik.

Ushbu qo'shiq aslida bundan 3 yil oldin tayyor bo'lgan bo'lsada, keng omma e'tiboriga tortiq etilishga ulgurilmagan edi. Mana endi Alisher Rahmatullaev ijodga qaytib, mazkur qo'shig'idan ilk qadamni boshlashni lozim topdi. «Bale-bale» taronasining musiqasi Rustam To'lashev ijodidan bo'lsa, so'zlari Timur qalamiga mansub. Qo'shiq «Pan-terra» studiyasida yozilgan. Marhamat, «Bale-bale» taronasini ko'chirib oling, tinglang va baho bering! Yana bir yangilik, tez kunda siz azizlarga Alisherning yana bir yangi qo'shig'ini taqdim etamiz. Bu qo'shiq «Dushmanimdan kutganim, do'stimdan topdim» deb nom olgan. Qiziq, tarona nega bunday nom oldi ekan? Bu haqida keyinroq batafsil to'xtalamiz.

Alisher Rahmatullaevning «Bale-bale» taronasini ko'chirib olish

Alisher Rahmatullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *