Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
18 Apr, 2012

«Du TOR» endi Dj Smash bilan hamkorlik qilmoqda!

Du TORIste'dodli «Du TOR» guruhidan sensatsion duetni kutib oling. Bugungi kunda Rossiyaning eng yorqin yulduzlaridan biri, Moskvaning eng shov-shuvli klublarini larzaga soluvchi, Dj №1, Andrey Shirman, ya'ni Dj Smash bilan birgalikda «Luchshie pesni» nomli hit taronani slow mix talqinini yakuniga yetkazish arafasidalar.

Bundan oldin Andrey boshqa qo'shiqlarini «Fast Food» guruhi bilan ijro etgan bo'lsa, bu safar ijodkor «Du TOR»chilarni sinab ko'rmoqchi bo'ldi. Ushbu imtixonni u aynan o'zining «Luchshie pesni» nomli taronasi orqali o'tkazishga qaror qildi. Bundan oldin Smashning barcha taronalari  sho'x, klub yo'nalishida ijro etilgan bo'lsa, «Du TOR» bilan duetda yaratilgan qo'shiq sokin tarzda kuylandi.
   Dj Smashning «Luchshie pesni» qo'shig'ining birinchi talqiniga klipni Rossiyaning eng yorqin klipmeykeri Pavel Xudyakov suratga olgan. «Du TOR»chilar bilan kuylangan talqiniga esa klip olinishiga keladigan bo'lsak, hali ushbu ma'lumotni «Du TOR» guruhining vakillari sir tutmoqdalar. Juda qiziq.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 153 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *