Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Doston Ubaydullaevning konsertidan fotoreportaj!!!
3 Noy, 2014

Doston Ubaydullaevning konsertidan fotoreportaj!!!

Doston Ubaydullaev 2014 konsertMana bugun Doston Ubaydullaevning ilk yakkaxon konsert dasturining birinchi kuni ham eson-omon bo’lib o’tdi. «Istiqlol» san’at saroyida o’tgan mazkur yakkaxon konsert dasturidan va’da qilingan fotoreportaj ham tayyor!

2014-yilning 3-4 noyabr kunlari «Istiqlol» san’at saroyida Doston Ubaydullaevning ilk yakkaxon konsert dasturi bo’lib o’tadi, deb bong urilayotgan kunlarga ham yetib keldik. Estradamiz yulduzi, 25 yillik xonandalik faoliyatiga ega bo’lgan Doston Ubaydullaevning ilk yakkaxon konsert dasturi mehmonlari juda ko’p bo’ldi. Abduvali Rajabov, Guli Asalxo’jaeva, Muzaffar Abduazimov, Abzal Xusanov, Jamshid Xojiniyozov, Alisher Ro’zmetov va yana ko’plab san’at olamining boshqa vakillarini ko’rishingiz mumkin edi. Konsert dasturini Akmal Mirzo olib bordi. Konsert davomida Shukrullo Isroilov ham tashrif buyurgan tomoshabinlarni kayfiyatini yanada ko’tarishga o’z hissasini qo’shdi. Doston Ubaydullaev «Tomosha» guruhi bilan va Kaniza bilan birgalikda duet taronalar ijro etdi. Otasiga va onasiga bag’ishlab qo’shiqlar ham kuylaganligi e’tiborga molik. Konsertga tashrif buyurgan yulduzli mehmonlardan intervyu olish vazifasi ajoyib iste’dod egasi Sherzod Bin zimmasiga yuklatildi. Konsertga oid asosiy ma’lumotlar mana shulardan iborat edi. Endi esa fotosuratlarni tomosha qilamiz!!!

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 972 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *