Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Doston Ubaydullaev kuzda konsert beradi!
3 Iyul, 2014

Doston Ubaydullaev kuzda konsert beradi!

Doston UbaydullaevO’zbek estradasida eng uzoq ijod qilib kelayotgan xonandalar haqida yodga olar ekanmiz so’zsiz ular qatorida Doston Ubaydullaevni ham sanab o’tamiz. Zero, Doston ijod olamiga juda ham yoshligidan kirib kelgan. Bugun Doston Ubaydullaevning muxlislariga ajoyib yangiligimiz bor.

Doston Ubaydullaev 2014-yilning kuz faslida, aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, oktyabr oyining 4-5 sanalarida «Istiqlol» san’at saroyida o’zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Hozirgi kunda Doston bor kuchini mana shu konsert dasturiga qaratgan. Konsert uchun yangidan-yangi qo’shiqlar yozish bilan ovora. Doston Ubaydullaev bilan birgalikda yelkadosh bo’lib, Sarvar Rahmatxo’jaev hamda Iqbol Muhammad kabi ijodkorlar konsertga hozirlik ko’rishmoqda. Biz Dostonga konsert dasturi tayyorgarlik jarayonida sabr-matonat va omadlar tilab qolamiz!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 156 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *