Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Mart, 2011

Doston Ubaydullaev kimnidir sevib qoldimi?

Doston Ubaydullaev«Tangalik bolalar» filmida mohirlik bilan rol ijro etib ko'pchilikning shuhratini qozongan Doston Ubaydullaev keyinchalik xonandalik borasida ham bir qancha muxlislariga ega bo'ldi. Bugungi kunda esa bu xonandamiz tinimsiz ijod qilishdan charchamayapti desak xato qilmagan bo'lamiz. Doston Ubaydullaevning gaplariga qaraganda, shu paytgacha hech kimni sevib qolmagan shekilli…

Buni xonandaning navbatdagi yangi «Sevib qolsam» taronasidan ham bilib olish qiyinmas.
Mazkur taronaning musiqasi Akmal Mirzoga tegishli bo'lib, matn muallifi esa Botir Ergashevdir. Tarona shu kunlarda FM to'lqinlari orqali jaranglamoqda. «Sevib qolsam»ga klip suratga olish ishlari ham Yodgor Nosirov tomonidan boshlab yuborilgan. Bundan tashqari, xonandaning ta'kidlashicha yana 2-3ta yangi taronalari tayyor bo'lish arafasida ekan. Ular haqida esa keyinroq to'liq to'xtalib o'tishini aytib o'tdi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 219 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *