Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Dj Piligrim albom taqdimotidan fotoreportaj!!!
16 Sen, 2014

Dj Piligrim albom taqdimotidan fotoreportaj!!!

Dj Piligrim albom taqdimotiBugun 2014-yil 16-sentyabr kuni soat 18:00da Toshkent shahrida joylashgan «Discovery» musiqiy disklar do’konida o’zining antiqa uslubi bilan san’at shinavandalarini doimo hayratga solib keladigan Dj Piligimning yangi albomi taqdimoti bo’lib o’tdi.

Dj Piligrim bugun bir emas, 2ta CD diskni sotuvga chiqardi. Disklarning biri shu yilga qadar Dj Piligrim tomonidan ijro etilgan barcha qo’shiqlari jamlangan albom bo’lsa, ikkinchisi «One way» nomli yangi CD albomdir. «One way» nomli yangi albomdan Dj Piligrimning 14ta qo’shig’i o’rin olgan. Ularning deyarli barchasini yangi deyishimiz mumkin. OAV hodimlari bilan bo’lib o’tgan suhbat davomida Dj Piligrim mazkur albomni 2 yil davomida yozganligini va har bir taronani tayyor bo’lishiga 1 oy va undan ko’proq vaqt sarflaganligini aytib o’tdi. Yangi albomdan o’rin olgan taronalar ichida Dj Piligrimning o’ziga eng yoqqanlaridan 3tasini alohida sanab o’tdi. Ular albomning 1, 2 va 3 trekidan o’rin olgan «One way», Lola bilan birgalikda duet tarzida kuylangan «Yulduz» hamda «Ti da ya…» nomli taronalar ekanligini ma’lum qildi. Albomdan o’rin olgan barcha taronalar musiqasi va matni Ilhom Yo’lchievning, ya’ni Dj Piligrimning o’ziga mansub. Qo’shiqlarga musiqiy sayqal esa  Jasur Badalboev tomonidan berilgan. Yopiq tarzda o’tkazilgan mazkur albom taqdimoti yakunida Dj Piligrim yangi qo’shiqlaridan birini jonli tarzda tashrif buyurganlar uchun ijro etib berdi. So’ngra esa matbuot hodimlari uchun yangi albomlaridan sovg’a qildi.
Agarda siz ham yangi albomni qo’lga kiritishni istasangiz «Discovery» musiqiy disklar do’koniga tashrif buyuring va yangi albomni harid qiling.

Quyida siz azizlar uchun albom taqdimoti jarayonida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 546 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *