Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Dizayn»ning 2015-yilgi konsert dasturidan fotoreportaj!!!
10 Dek, 2015

«Dizayn»ning 2015-yilgi konsert dasturidan fotoreportaj!!!

Dizayn 2015 konsert

Har yilgi an’anaga sodiq qolgan holda yil so’nggida, dekabr oyida «Dizayn» jamoasi o’zining navbatdagi konsert dasturini taqdim etmoqda. Kecha, 9-dekabrdan boshlangan «Dizayn» jamoasining bu yilgi konsert dasturi 12-dekabrga qadar davom etadi. Uzoq vaqt davomida hozirlik ko’rilgan ushbu konsert dasturini tomosha qilish uchun juda ham ko’plab muxlislar tashrif buyurishgan.

Buni qarangki, «Dizayn»ning bu yilgi konsert dasturida ham «Istiqlol» saroyida birorta ham bo’sh o’rindiq topib bo’lmas edi. Haqiqiy anshlag konsert dasturi mana shu ko’rinishda 5 kun davom etadi. O’zlarining qiziqarli sahna chiqishlari bilan tomoshabinlar olqishlariga va hayqiriqlariga sazovor bo’lgan «Dizayn» jamoasi safida shuningdek Zamira Beshimova hamda Sitora Farmonovalarni ham ko’rishingiz mumkin. Konsert dasturini chiroyli tarzda olib borish vazifasi esa iste’dodli suxandon Muzaffarbek Mirzabekov zimmasiga yuklatilgan. Konsert davomida bir qator musiqiy chiqishlar ham bo’ldi. Doston Ubaydullaev, Mirjamol va Sitora Farmonova, Hadicha kabi xonandalar o’z kuy-qo’shiqlari bilan konsert dasturiga yanada fayz kiritdilar. Ushbu konsert dasturiga ba’zi sabablarga ko’ra tusha olmaganlar hech ham havotir olmang, zero «Premier» professional video studiyasi tez kunlarda konsert dasturining videosini siz azizlar uchun taqdim etishadi.

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 18 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *