Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Noy, 2014

«Dizayn» shousi bu yil boshqacha bo’ladi!!!

Dizayn 2014«Dizayn» jamoasi o’zining navbatdagi konsert dasturiga jiddiy tayyorgarliklar ko’rmoqda. 2014 yilning 9-10-11-12 dekabr kunlari «Dizayn» jamoasi «Boshqacha bo’ladi» nomli o’zlarining yangi konsert dasturlarini taqdim etish arafasida turibdilar. Darhaqiqat, bu yilgi shou boshqacha bo’ladimi?

Bu savolga javob olishni istasangiz albatta mazkur konsert dasturiga tashrif buyurishingiz lozim. Agar konsertga tushmasangiz bu yilgi «Dizayn» jamoasining konsert dasturi qanday bo’lganligini bilmay ham qolishingiz mumkin. Albatta, uning videodasturi sotuvga chiqqunga qadar ichingiz «yonib-kuyib» yurmasangiz bo’lgani. Oilaviy namoyish uchun mo’ljallangan «Dizayn» jamoasining navbatdagi konsert dasturiga qiziqish juda katta. Bunday deyishimizga asos bor. Chunki, «Istiqlol» saroyi kassalarida mazkur konsert uchun deyarli chiptalar sotuvda qolmagan. Shu sababdan ham bu yilgi konsert dasturi u qadar ko’p reklama qilingani yo’q. Biz esa bugun sizlarga «Dizayn» jamoasining mazkur yilgi konsert dasturi uchun tayyorlangan reklama roligini taqdim etishga qaror qildik. Zero, yulduzlar ishtirokidagi mazkur rolik sizlarni ham befarq qoldirmasa kerak. Marhamat, tomosha qiling!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 365 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *