Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Dizayn» konsertida Rayhondan Timatigacha… (Fotoreportaj)
9 Dek, 2014

«Dizayn» konsertida Rayhondan Timatigacha… (Fotoreportaj)

Dizayn 2014 konsertBugun «Dizayn» jamoasining navbatdagi 2014-yilgi konsert dasturining ilk kuni bo’lib o’tdi. Mazkur konsert dasturi haqiqiy yumorga boy tomoshabinlar uchun mo’ljallangan ajoyib shou bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Mazkur konsert dasturi axborot ko’magi sifatida SB.uz portali maxsus reportajni taqdim etadi!!!

«Dizayn» jamoasining 2014-yilgi konsert dasturi ilk kunida deyarli yulduzli mehmonlar bo’lmadi. Faqatgina taniqli futbolchi Odil Ahmedov ilk kun mehmoniga aylandi. Qiziqarli shou dasturga aylangan mazkur konsert dasturida qo’shiq kuylaydigan xonanda mehmonlar ham deyarli bo’lgani yo’q. Siz-u bizga yaxshi tanish bo’lgan «Bojalar» guruhi xonandasi Jahongir Poziljonov o’zining ajoyib qo’shiqlaridan birini kuylab berdi. Konsertda bir qator qiziqarli chiqishlar tayyorlangan bo’lib, ularning har biri o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Shaxsan menga eng yoqqan sahna ko’rinishi bu «Dizayn» jamoasining maktab darsi ko’rinishidagi sahna chiqishi bo’ldi. Konsertga oid qiziqarli ma’lumotlar juda ko’p, biroq barchasini bir kunda bayon qilib bermaslikka qaror qildik. Darvoqe, konsertda Rayhon, Manzura, Timati, Dima Bilan kabi taniqli yulduzlarni ham boshqachroq ko’rinishda ko’rishingiz mumkin edi. Batafsil ertaga yana ma’lumot beramiz!!!

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 769 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *