Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Dizayn» konsert daturidan yana sara fotosuratlar!!!
14 Dek, 2014

«Dizayn» konsert daturidan yana sara fotosuratlar!!!

Dizayn 2014 konsertSB.uz portali ijodiy jamoasi «Dizayn» jamoasining navbatdagi konsert dasturida bosh axborot ko’magi sifatida hamkorlik qildi. Portalimiz muxlislari uchun mazkur konsert dasturidan tayyorlangan eksklyuziv fotosuratlarni bir qismini sizlarga taqdim etgan edik. Mana bugun esa yana bir qator fotosuratlar bilan sizlarni xushnud etish niyatidamiz.

«Dizayn» jamoasining 2014 yilgi konsert dasturi ham avvalgilari kabi qiziqarli tarzda o’tdi. Konsert dasturida ijodiy guruh bir qator qiziqarli sahna ko’rinishlari bilan muxlislar kayfiyatini ko’tarishga harakat qildilar va nazarimda bunga erisha oldilar. Tashrif buyurgan tomoshabinlar konsert yakunida ham o’rindiqlardan turishni istamadilar. Bu konsertni qanday saviyada o’tganligini aniqlashda katta omil bo’lib hizmat qilsa ajab emas. Konsert dasturi 4 kun davom etdi. Har bir kuni o’ziga xos, quvnoq va chiroyli o’tdi. Konsertda boshlovchilik vazifasi Akmal Mirzo hamda Jamshid Umrzoqov kabi suxandonlarga topshirilgan edi. Ular o’z zimmalariga yuklatilgan vazifani juda yaxshi uddaladilar, desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Konsertning birinchi kunida sahnada ilk musiqiy chiqish «Bojalar» guruhidan bo’lgan bo’lsa, keyingi 3 kunida yosh iste’dodli xonanda Botir Yaminov tomonidan amalga oshirildi. Sahna ko’rinishlarida «Dizayn» jamoasi bilan bir safda o’z rollarini qoyilmaqom tarzda ijro etgan Jahongir Poziljonov, Zamira Beshimova hamda Shahzoda Muhammedova kabi iste’dod egalarini alohida sanab o’tmasak bo’lmaydi. Konsertning eng yodda qoladigan bo’limlaridan biri bu parodiyaga asoslangan bo’lim bo’ldi, nazarimda. Zero, ushbu bo’limda tomoshabinlar kutmagan yangiliklar bilan qarshilashishdi. Timati, Dima Bilan, Rayhon, Manzura, Ibrohim Totlisas, xullas yana bir qator dunyoga mashhur yulduzlarga o’ziga xos parodiya tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Bizga kelib tushayotgan savollarda konsert dasturining videosi qachon chiqishi haqida juda ko’p so’ralmoqda. Bu haqida bizning yangiliklarimizni kuzatib borsangiz, eng birinchilar qatorida bilib olishingiz mumkin. Shunday ekan, biz bilan birga qoling!!!

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 928 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *