Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Dizayn» jamoasi konsertga jiddiy tayyorgarlik ko’rmoqda!
7 Dek, 2014

«Dizayn» jamoasi konsertga jiddiy tayyorgarlik ko’rmoqda!

Dizayn shou 2014 tayyorgarlikDeyarli har kuni «Dizayn» jamoasi o’zlarining navbatdagi shou konsert dasturlariga tayyorgarlik olib bormoqdalar. Mana bugun SB.uz portali ijodiy jamoasi mazkur konsert dasturi tayyorgarligini kuzatish maqsadida «Dizayn»chilar oldiga tashrif buyurdik.

Biz tashrif buyurganimizda tayyorgarlikning deyarli so’nggi kuni bo’lganligi sababli barcha ijodiy guruh a’zolari o’zaro konsertga oid masalalar bo’yicha bosh qotirishayotgan edi. So’ngra ijodiy guruh safiga «Bojalar» guruhi xonandasi Jahongir Poziljonov ham kelib qo’shildi. Biz «Dizayn» konsert dasturida bo’lib o’tadigan sahna ko’rinishlaridan birini tomosha qildik. Juda ham qiziqarli sahna ko’rinishi bo’lganligidan kulgudan o’zimizni to’xtata olmaganimizni sir saqlab o’tirmaymiz. Biroq, bu sahna ko’rinishi haqida sizlarga ortiqcha ma’lumot ham bera olmaymiz, zero eng yaxshisi konsertga tashrif buyuribgina buni ko’rishingiz mumkin. «Dizayn» jamoasiga yaqinlashib kelayotgan 4 kunlik konsert dasturlari oldidan omad yor bo’lishini tilab qolamiz. Eslatib o’tamiz «Dizayn»ning konsert dasturlari 9-10-11-12 dekabr kunlari «Istiqlol» san’at saroyida «Boshqacha bo’ladi» nomi ostida bo’lib o’tadi.

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturiga tayyorgarlik jarayonida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 741 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *