«Diyor» guruhi asta-sekin mukofotlarga erishmoqda…
Yosh estrada guruhi «Diyor» haqida bir qator ma’lumotlar berib borayotganimizdan xabaringiz bor. Mana bugun ushbu guruh uchun quvonchli kunlardan biri. Kuni kecha, ya’ni 2014-yilning 15-iyul sanasida Buxoro viloyatida bo’lib o’tgan «Yagonasan, muqaddas Vatan» Respublika ko’rik tanlovining Buxoro viloyati bosqichida g’olib bo’lishdi.
«O’zbeknavo» estrada birlashmasi tomonidan o’tkazilayotgan ushbu tanlov doirasida juda ko’p estrada vakillari ishtirok etishgan bo’lib, ular orasida «Diyor» guruhi 1-darajali diplom bilan taqdirlandilar. Biz guruh a’zolarini ushbu mukofot bilan muborakbod etib qolamiz. Kelajakda bundanda katta yutuqlarga erishishlariga tilakdoshmiz!!!