Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Noy, 2009

Dineyra va Shohruhxonni «Manzillar» tutashtirdi!

DineyraEstradamiz olamida muvaffaqiyatli ijod qilib kelayotgan Dineyra hamda qizlarning sevimli xonandasi Shohruhxon ismlari yonma-yon yozilishiga sabab nima? Ularni orasida nima bor? Bu ikki xonandani nima bog’lab turibdi?Albatta yangi duet tarona! Har ikki ijodkor ham hozirda o’z o’rniga ega, muxlislari yetarlicha. Shohruhxon hamda Dineyra sho’x, klub yo’nalishida duet tarona yozishdi. Qo’shiq «Manillar» deb nomlandi. Ushbu qo’shiq musiqasi va aranjirovkasi muallifi Jasur Abdurahmonov, so’zlari esa Bobur Umarov ijodidan. Qo’shiq tayyor bo’lgach uni tinglagan Dineyra undan ko’ngli 100% to’lganligini angladi va bu qo’shiq hit darajasiga yetishiga ishonmoqda. Shuning uchun ham bugungi kunda barcha e’tiborini aynan mana shu taronaga qaratganligini yashirmayapti. Dineyra avvaldan Shohruhxonning ijodini kuzatib kelgan va uning ijod namunalariga doimo yuqori baho bergan. Hozirda mana shu taronaga klip suratga olishni rejalashtirishmoqda. Klip rejissori «Raqsga tushgin» klipini suratga olgan Nozim Jumaev bo’lishi kutilmoqda. Tez kunlarda «O’zbegim taronasi» radiosida qo’shiq prem’erasini tinglashingiz mumkin bo’ladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 60 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *