Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Dineyra «Rashq qilma» klipi jarayonidan fotoreportaj!
27 May, 2013

Dineyra «Rashq qilma» klipi jarayonidan fotoreportaj!

Dineyra - Rashq qilma26 maydan 27-mayga o’tar kechasi Dineyraning yangi «Rashq qilma» taronasiga klip suratga tushirish ishlari bo’lib o’tdi. SB.uz portali ijodiy jamoasi esa mazkur suratga olish jarayoniga taklif etildi. Biz suratga olish pavilioniga soat 20:15da tashrif buyurdik. Klip suratga olish ishlari allaqachon boshlangan edi.

Biz tashrif buyurgan vaqtda klip g’oyasi bo’yicha yer obrazida namoyon bo’layotgan aktyorni suratga tushirish ishlari bo’lib o’tayotgandi. Klip rejissori Sanjar Matkarimov va klip operatori Nurimon Sultonxo’jaev aktyorga kerakli ko’rsatmalarni berib, suratga olish ishlarini davom ettirishar edi. Biz tashrif buyurganimizdan so’ng 2 soatcha davomida o’sha aktyorni suratga olish ishlari bo’lib o’tdi. Dineyra esa o’z navbatini kutgan holda bir chetda suratga olish jarayonini tomoshabin sifatida kuzatib boradi. Chamasi 22:30lardan boshlab Dineyrani ham suratga tushirish ishlari boshlab yuborildi. Yana 1 soatcha davomida suratga olish jarayonini tomosha qildik, hamkorimiz «Asr media» studiyasi tomonidan esa portalimiz uchun maxsus fotosuratlar muhrlandi. Mana shu fotosuratlarni quyida siz azizlarga taqdim etmoqdamiz. Klipni suratga olish ishlari erta tongga qadar davom etishi rejalashtirilganligi bois, biz suratga olish maydonini 23:30larda tark etdik. Dineyra mazkur klipda 3 xil libosdan namoyon bo’ladi. Ulardan faqatgina bittasini biz suratga tushirdik. Klip prem’erasi ham nasib qilsa bizda bo’lib o’tadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 924 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *