Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Iyul, 2009

Dineyra o’g'rilikda ayblanmoqda?!

DineyraEstradamizning maftunkor xonandasi Dineyraga korealik «Girl’s generation» guruhi tomonidan g’aroyib bir shikoyat tushgan. Unga ko’ra Dineyra ushbu guruh ijro etgan taronadan musiqa «o’g'irlab» «Raqsga tushgin» qo’shig’ini kuylagan emish. Bu qanchalik haqiqat ekanligini bilish uchun biz izlanishga tushdik. Natijada ajoyib bir holatga duch keldik.«Girl’s generation» guruhi ijro etgan »Genie» taronasi 29 iyunda «Seoul records» studiyasida chiqqan. Youtube.com saytiga esa 22 iyunda joylangan, degan fikrlar ham yo’q emas. Ammo, Dineyra ijrosidagi «Raqsga tushgin» taronasi esa dekabr oyining o’rtalarida yozilgan. 25 mart kuni esa Dineyraning rasmiy sayti (http://www.dineyra.uz/) ga «Raqsga tushgin» taronasi joylangan. 4 aprel kuni esa ushbu qo’shiqning klipi ham rasmiy saytdan o’rin olgan. Demak, bundan kelib chiqadiki, Dineyra emas, aksincha «Girl’s generation» guruhi mazkur taronani DIneyradan ko’chirgan yoki bo’lmasa «o’g'irlagan». Haqiqat baribir qaror topadi!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *