Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Iyun, 2010

Dilso'zning ilk klipi TV kanallarida…

Dilso'zTobora muxlislar olqishiga sazovor bo'layotgan latofatli xonanda Dilso'zning «Sevikli yorim» taronasiga rejissor Sarvar Isaev tomonidan ishlangan klipning prem'erasi 12 iyun kuni TVM kanali orqali bo'lib o'tdi…

Kuni kecha Dilso'z «PanTerra» ovoz yozish studiyasida bastakor Eldor Qayumov ijodiga mansub, «Jonimni ozori» nomli yangi taronani yozib tugatdi. Bu qo'shiqqa taniqli aranjirovkachi Malik Qodirov tomonidan musiqiy sayqal berildi. Yaqin kunlarda Dilso'z ijrosidagi ushbu qo'shiq ham FM to'lqinlari orqali taqdim qilinadi. Darvoqe, «New Star» Media prodyuserlik markazining xonandalari, Humoyun Mirzo, Dilso'z, Jafar hamda «Bayon» guruhlarining «Fan klub»lari tashkil etilmoqda. «Fan klub»ga a'zo bo'lmoqchi bo'lganlar www.newstar.uz internet saytiga tashrif buyurib, bu haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *