Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Dilso’zning «Begimey» taronasiga klip suratga olindi!
22 Noy, 2014

Dilso’zning «Begimey» taronasiga klip suratga olindi!

Dilso'z - BegimeyKecha va bugun estradamiz yulduzi, xushovoz xonanda Dilso’zning «Begimey» taronasiga klip suratga olish ishlari bo’lib o’tdi. Yangi klip «9999″ studiyasining mohir rejissorlari Xushid va Nodir Sobirovlar tomonidan suratga olindi. Mazkur klip suratga olish jarayonidan eksklyuziv fotoreportajni qarshi oling.

2 kun davom etgan suratga olish ishlari davomida biz SB.uz portali ijodiy jamoasi imkon qadar jarayondan fotoreportaj tayyorlashga harakat qildik. Dilso’z ijrosidagi «Begimey» taronasida Umid Iskandarov hamda Sevara Solieva bosh rollarni talqin etishgan. Shuningdek, klipda Dilrabo Toshpo’latova hamda Mirtohir Mirg’ulomovlarni ham ko’rishingiz mumkin. Mazkur klipni tez orada bizning portalimiz orqali prem’era tarzida qarshi olishingiz mumkin bo’ladi. Hozircha esa klip jarayonidan bir qator fotosuratlarni tomosha qilishga sizlarni chorlaymiz.

Quyida siz azizlar uchun klip jarayoni davomida hamkorlarimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev hamda «NVS» foto va video studiyasi fotosuratchisi Ziyodulla tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 047 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *