Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Noy, 2011

Dilso'zmi bu yoki Jassi?

Dilso'z - Meni eslamaHa, bu ko'rinishda Dilso'zni tanish juda ham mushkul. Xuddi, Dilso'z bu fotosuratda yurtimizda anchayin tanilib qolgan film qahramoni Jassiga o'xshaydi. Bu fotosurat Dilso'zning navbatdagi klipi jarayonida tushurilgan bo'lib, klip voqeaviy tarzda suratga olingan.

«Meni eslama» deb nomlangan yangi qo'shiqqa klipni Yodgor Nosirov suratga tushirmoqda. E'tiborli tarafi, klipni suratga olish uchun maxsus dekoratsiyalar qurilgan bo'lib, juda katta ish ko'lami olib borilgan. Dekoratsiyalar naqd 6tani tashkil qiladi. Albatta, klip voqeaviy bo'lganidan keyin, uning g'oyasi kimga tegishli ekanligini bilishga oshiqamiz. Albatta, bu klip g'oyasi klip rejissori Yodgor Nosirov hamda xonandaning prodyuseri, O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxonga tegishli. Ahamiyat bergan bo'lsangiz, ko'plab xonandalar o'zlarini xunukroq yoki soddaroq ko'rsatishga uyaladilar. Biroq, Dilso'z esa bunday holatda namoyon bo'lishdan hech ham cho'chimadi. Eng asosiysi tashqi emas, balki ichki go'zallik qolsa bo'ldi-da… Oddiylikka, samimiylikka nima ham teng kela olardi. Bugun klipdan fotolavhalarni e'tiboringizga havola qilamiz. Yaqin kunlarda esa klipning o'zini ham ko'chirib olish imkoniyati siz azizlarga tortiq etiladi.

 

Dilso'z - Meni eslama

Dilso'z - Meni eslama

Dilso'z - Meni eslama

Dilso'z - Meni eslama

Dilso'z - Meni eslama

Dilso'z - Meni eslama

Dilso'z - Meni eslama

Dilso'z - Meni eslama

Dilso'z - Meni eslama

Dilso'z - Meni eslama


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 48 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *