Dilso’zdan antiqa qo’shiq: «Qarsillagan olmani»!
Tobora muxlislar qalbidan joy olib borayotgan latofatli xonanda Dilso’z Iqbol Muhammad musiqasi, Kamronbek qalamiga mansub yangi qo’shiq ijro etdi. Ajablanarli jihati shundaki, qo’shiqni nomini eshitishingiz bilanoq «Qanday tarona ekan?» deya qiziqishingiz aniq. Antiqa nomli qo’shiq «Qarsillagan olmani» deb nomlanadi.
Hozirda ushbu taronaga Nodir Umarov tomonidan musiqiy bezak berilmoqda. Yaqin kunlarda ushbu taronaga klip suratga olish ishlari ham boshlanadi. O’zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bilan ijro etilgan «Aka-singil» duet tarona muxlislar qalbini zabt etgani sabab Ozodbek Nazarbekovning bahor oyidagi kutilayotgan konsert dasturlarida ushbu tarona bilan Dilso’zni qarshi olsangiz ajab emas.