Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Dilso’z va Farruhning to’ylaridan to’liq fotoreportaj!!!
23 Apr, 2015

Dilso’z va Farruhning to’ylaridan to’liq fotoreportaj!!!

Dilso'z va Farruh nikoh oqshomiO’zbek estradasining ikki vakili Dilso’z hamda «Mango» guruhi xonandasi Farruhning nikoh oqshomi 21 aprel kuni «Charog’on» restoranida bo’lib o’tdi. Mazkur nikoh oqshomiga SB.uz portali ijodiy jamoasi ham tashrif buyurdik va sizlar uchun maxsus va to’liq fotoreportaj tayyorladik!

Bunday to’liq fotoreportajlar faqat va faqat bizda SB.uz portalida bo’lishini unutmang!!! Biroz kechroq bo’lsada taqdim etayotgan fotoreportajimizda Farruhning ham Dilso’zning ham uyidan boshlab fotosuratlarga tushirilgan. Bu esa shubhasiz barchangizni qiziqtirishi aniq! Shunday ekan, siz aniq manzildasiz! Biz esa sizlarga haqiqiy fotoreportajni taqdim etamiz. Sevimli yulduzlaringizning nikoh oqshomi ham yulduzlar bilan to’la bo’ldi. Tashrif buyurganlarni sanashdan ko’ra, tashrif buyurmaganlarni sanash osonroq edi. Zero, estradamizning deyarli barcha a’zolari 21-aprel oqshomida «Charog’on» restoraniga tashrif buyurishdi. Biz sizlarni ortiqcha so’zlarni yozib, vaqtingizni olishni istamaymiz. Qisqa va lo’nda qilib ma’lumot beramiz va fotosuratlarga e’tiboringizni qaratamiz. Nikoh oqshomi maxsus ssenariy asosida bo’lib o’tdi. Unga ko’ra kechaning navbatchi ijodkorlari, «Davr» guruhi bo’ldi. Boshlovchilik vazifasi esa Akmal Mirzo hamda Shahzoda Muhammedovalar zimmasiga yuklatilgan edi. Nikoh oqshomining ilk musiqiy chiqishlari orasida Dilso’zning ma’muri O’tkir va bir Umidaxon, Nigora, Shirin, Afsona kabi estradamizning ko’zga ko’ringan ayol xonandalari Dilso’z ijro etgan taronalarini ijro etib chiqishlari barchani diqqatini o’ziga tortdi.

Quyida siz azizlar uchun nikoh oqshomi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchilari G’ayrat Ubaydullaev hamda Ibrohim Baymuhammedov tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 5 898 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *