Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
2 Apr, 2012

Dilso'z Ozodbek Nazarabekovning singlisi?!…

Dilso'zO'zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov latofatli xonanda Dilso'zning akasi bo'lib chiqdi… faqat qo'shiqda! «Begim» taronasi bilan muxlislar qalbiga yo'l topa olayotgan xonanda Dilso'z el ardog'idagi san'atkor Ozodbek Nazarbekov bilan duet kuylash baxtiga muyassar bo'ldi. Bu Dilso'zning niyati edi.

Albatta Ozodbek Nazarbekovning yosh xonanda Dilso'zning iste'dodiga bergan yuqori bahosi ham ushbu duet yaralishiga sabab bo'ldi. Endi nega ularni aka-singil deyapmiz? Chunki, qo'shiqning nomi ham aynan «Aka-singil» deb atalgan. Iqbol Muhammad musiqasi, Aziz Xolmurodov aranjirovkasi, Rislog'oy Xotamova so'zi bilan yozilgan ushbu duet dillarni larzaga keltirishi kutilmoqda. Xabaringiz bor yaqin kunlarda Ozodbek Nazarbekovning yakkaxon konsert dasturi ham bo'lib o'tadi. Ehtimol, ushbu dasturda balki mazkur duetni ham tinglash imkoniyati tug'ilar…


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 105 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *