Dilso’z «Begim» taronasini davomini kuyladi!
Xushovoz xonanda Dilso’z o’zining ma’yus taronalari bilan muxlislar ko’nglini zabt etganligi hech kimga sir emas. Ayniqsa, «Begim» taronasi Dilso’zni tanilishida katta hissa qo’shgan taronalardan, deb aytsak mubolag’a bo’lmasa kerak. Bugun Dilso’z o’z muxlislari uchun studiyada yangi tarona yozish bilan ovora.
O’zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning ovoz yozish studiyasida Dilso’z o’zining yangi taronasini yozdi. Qo’shiq «Begim» taronasining davomi bo’lib, «Sog’inasiz begimey» deb nomlanadi. Ushbu tarona matn muallifi Farhod Umurzo. Bastakor Bahram Karimov. Aranjirovka muallifi esa Dilmurod Matkarimov hisoblanadi. Quyida qo’shiqni yozish jarayonidan olingan fotosuratlar taqdim etilmoqda.