Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
2 Avg, 2009

Dilshod Xoliqovning visol oqshomidan…

Dilshod XoliqovHozirgina O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Samandar Hamroqulovning shogirdi, iste’dodli xonanda Dilshod Xoliqov o’z tavallud topgan kunida visol oqshomini o’tkazdi. Ikki yoshning nikoh to’yi poytaxtimizda joylashgan «Registon» restoranida bo’lib o’tdi…

To’y soat 19:30da boshlandi. Kuyov jo’ralikni Doston Ubaydullaev qoyilmaqom qilib uddaladi. Xizmatda esa Samandar Hamroqulov barcha tashrif buyurgan san’atkorlarni kutib olish va kuzatib qo’yish vazifasini o’z bo’yniga oldi. Xalq tilidagi «dejurniy» esa o’zbek mariosi Davron Ergashev. Bazmni Muzaffarbek Mirzabekov olib bordi. Tashrif buyurgan san’atkorlar: Abdulla Qurbonov, Sardor Rahimxon, Ozodbek Nazarbekov, Rashid Xoliqov, Mirjamol, Farruh Ahmedov, Jamshid Abduazimov, «Afruz» guruhi va boshqalar. TVM kanalidan Ravshan Hakimov, Jamshid Xojiniyozov, klipmeyker Yodgor Nosirov va turli sohalarning taniqli insonlari tashrif buyurishdi. SB.uz portali nomidan Dilshod Xoliqovga oilaviy baxt tilaymiz.

Dilshod Xoliqov


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 114 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *