Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Dilfuza Rahimovaning konsert dasturidan fotoreportaj!
4 Dek, 2014

Dilfuza Rahimovaning konsert dasturidan fotoreportaj!

Dilfuza Rahimova 2014 konsert2014 yilning 4 dekabr sanasida, ya’ni bugun «Istiqlol» san’at saroyida O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Dilfuza Rahimova o’zining yangi yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. Ikki kunlik konsert dasturining 1-kuni juda ham yaxshi o’tdi, desak mubolag’a bo’lmasa kerak.

Ajoyib sahna ko’rinishi, yangi va eng sara taronalar jarangi va raqqosalarning ajoyib raqslari bilan o’tgan Dilfuza Rahimovaning 2014-yilgi konsert dasturiga biz SB.uz portali ijodiy jamoasi ham taklif etilgan edik. Dilfuza Rahimova konsert dasturi davomida o’z muxlislaridan uzr so’radi. Nega? Nima deb uzr so’radi, deysizmi? Bir necha yil mobaynida o’zining yakkaxon konsert dasturini taqdim eta olmaganligi sababli uzr so’radi. Buni qarangki, Dilfuza Rahimova bundan avvalgi konsert dasturini taqdim etganiga roppa-rosa 10 yil bo’libdi. Mana oradan 10 yil o’tgach Abror Po’latov boshchiligidagi tashkilotchilar tomonidan Dilfuza Rahimovaning navbatdagi yakkaxon konsert dasturi taqdim etildi. Ertaga konsertning 2-kuni bo’lib o’tadi. Agarda siz ham Dilfuza Rahimova ijodiga befarq bo’lmasangiz, konsert dasturiga tashrif buyurishga oshiqing!

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 699 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *