Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Apr, 2010

Dias tanlov e'lon qiladi!

DiasEstradamiz kundan-kunga yosh iste'dodli xonandalar bilan boyib bormoqda. Ana shunday xonandalardan biri Dias ham o'tgan yilning so'nggida san'at sohasiga katta umidlar bilan kirib kelgan. Qaysidir ma'noda u bunga shu kunlarda erishib kelmoqda…

Dias bir necha hafta ilgari sokin ohangda jarang sochgan yangi «Zorman» nomli taronasi uchun klip suratga olayotgani haqida xabar bergan edik. Klip rejissori Jasur Shametov. Suratga olish ishlari poytaxtimizda hamda Toshent viloyatining so'lim go'shalarida bo'lib o'tdi. Tez orada klip TV kanallari orqali taqdim qilinadi. Shuningdek, Dias o'zining ilk musiqiy albomini may oyida taqdim qilishini rejalashtirgan. Lekin albomni qanday nomlashni bilmay, boshi qotgan. Shu tufayli ham xonandaning prodyuseri Jakhongir.Uz kasting e'lon qiladi. Agarda sizda qandaydir takliflaringiz bo'lsa, info@sb.uz elektron manziliga «Tanlov» mavzusi bilan xat yuborishingiz mumkin. G'olib deb topilganlar Diasning esdalik sovg'asi bilan taqdirlanadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *