Davron Shanson farzandlik bo'ldi!
To'yga to'yona deganlari shu bo'lsa kerak-da?! Estradamizning vakillaridan biri bo'lmish Davron Shanson shu yilning 18 mart kuni farzandli bo'ldi. Shirin qizchaning dunyoga kelishi «Navro'z» bayrami oldidan ota-onasiga xursandchilik olib kelgani rost.
Davron Shanson murg'ak qizchasiga Farzona deb ism qo'ydi. SB.UZ ijodkorlari ham Davron Shansonni qizchalik bo'lgani bilan qizg'in muborakbod etadi. Kelajakda qizaloq voyaga yetib, Vatanimiz uchun foydasi tegadigan, teran fikrlaydigan qiz bo'lsin.