Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Davron Kabulov nikoh oqshomidan fotoreportaj!!!
24 May, 2016

Davron Kabulov nikoh oqshomidan fotoreportaj!!!

Davron Kabulov nikoh oqshomi

Kecha, 23-may sanasida yangi ochilgan «Mumtoz» restoranida iste’dodli suxandon Davron Kabulovning nikoh oqshomi bo’lib o’tdi. Haqiqiy yulduzli kechaga aylangan mazkur visol oqshomida tashrif buyurmagan yulduz nazarimda qolmadi. O’zbek shoubiznesida faoliyat yuritadigan yulduzlarning barchasi bu oqshom «Mumtoz» restoranida jamuljam bo’lishdi.

Davron Kabulov hamda E’zozaxonlarning nikoh oqshomida naqd 9ta suxandon boshlovchik qilishdi. Ularning barchasi yurtimizning eng nomdor suxandonlari hisoblanishadi. Bu kechani ochib berish vazifasi esa albatta va so’zsiz O’zbekiston Respublikasi xalq artisti Farruh Zokirovga topshirildi. Eng qizig’i restoranga «Kelibdi» taronasi jarangi ostida kelinning bir o’zi kirib keldi. Kelin zalning o’rtasiga yurib kelib, barchaga kelin salom qilgach, sahnaga Davron Kabulov chiqib keldi va bir paytlar Jo’rabek ijrosida kuylangan, haqiqiy hit bo’lgan «Orzularimda» taronasini kelinga qarab ijro etdi. So’ngra qo’shiqni ijro etib bo’lgach, kelin va kuyov taxti-ravonga yo’l oldilar. Undan so’ng o’z davrining hit taronalaridan iborat bo’lgan qo’shiqlar non-stopi bo’lib o’tdi. Davron Ergashev va Shahnoz, Umida Mirhamidova, «Xo’ja» guruhi va boshqalar o’zlarining eng sara taronalari bilan kechani ochib berishdi. Tashrif buyurgan yulduzlarni hozir nomma-nom sanab chiqqandan ko’ra, kelmaganlarni aytib o’tsak osonroq kechsa kerak. Shuning uchun yaxshisi kimlar nikoh oqshomiga tashrif buyurganini aytib o’tirmaymiz. Buni o’zingiz quyida keltirilgan fotosuratlarni tomosha qilib, bilib olishingiz mumkin.
Odatda mana shunday shou-biznes olami vakillaridan birining to’yi bo’lsa haqiqiy «bardak»ka duch kelar edik. Biroq, Davron Kabulovning to’yida bunday holat yuz bermadi. Juda ham chiroyli, mazmunli va fayzli to’y bo’ldi. Biz ham SB.uz portali ijodiy jamoasi nomidan Davron Kabulovga kelgusi hayotida baxt, quvonch, tinchlik va hotirjamlik doimo yor bo’lishini tilab qolamiz. Hayotingiz ham nikoh oqshomingiz kabi chiroyli, fayzli va mazmunli bo’lsin, Davron!!!

Quyida siz azizlar uchun nikoh oqshomi davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda. Shuningdek, stilist-imijmeyker Nuri Stylega ham yaqindan yordam berganligi uchun minnatdorchilik bildiramiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 6 921 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *