Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Mart, 2010

Davron G'oipovdan katta shou-konsert!

Davron GoıpovO'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, ilk o'zbek rok guruhi asoschisi Davron G'oipov hamda «Original» guruhini 30 yillik yubiley to'yi munosabati bilan shou konsert dasturini muxlislarga taqdim etishni rejalashtirgan…

Konsert dasturi shu yilning may oylarida muhtasham «Istiqlol» san'at saroyida bo'lib o'tishi kutilmoqda. Har doim jonli ijroni afzal bilgan ustoz san'atkor Davron G'oipov jonli musiqa va jonli ovoz bilan hozirgi kun san'atkorlariga o'rnak bo'la oladigan shou-dastur o'tkazish uchun fevral oyidanoq tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Konsertda muxlislar qalbidan o'rin egallagan shlyager taronalar bilan birga yangi qo'shiqlar ham ijro etiladi. Konsert dasturiga rus estradasining bir qator yulduzlari ham takif etilgan. Qaysi yulduz ekanligini hozircha sir saqlanmoqda. Darvoqe, mazkur konsert «Original» guruhi hamda Davron G'oipovning so'nggi konsert dasturi bo'lishi ham mumkin.

Fakt: Davron G'oipov 1961 yil 7 oktyabrda tavalud topgan. Ilk ijodini mashhur «Yalla» ansamblida gitaristlik bilan boshlagan. 1980 yilda esa ilk o'zbek rok guruhi-»Original» guruhiga asos solgan. Ushbu guruh o'zbek estrada olamida haqiqiy afsonaga aylanib ulgurgan.

Davron Goıpov


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 87 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *