Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Chiptalar qolmadi! Ulug’bek uzr so’raydi!!!
12 Okt, 2014

Chiptalar qolmadi! Ulug’bek uzr so’raydi!!!

Ulug'bek RahmatullaevUlug’bek Rahmatullaev 16-17-18 oktyabr kunlari «Istiqlol» san’at saroyida o’z yakkaxon konsert dasturini taqdim etishi haqida xabaringiz bor. Har kuni tinimsiz konsertga tayyorgarliklar bilan ovora bo’lgan Ulug’bek Rahmatullaevni boshi qotgan. 3 kunlik konsert dasturiga chiptalar birorta ham qolmagan!!!

Konsert dasturi boshlanishiga hali bir necha kun bor bo’lishiga qaramay Ulug’bek Rahmatullaevning yakkaxon konsert dasturi uchun sotuvga chiqarilgan chiptalar «Istiqlol» san’at saroyi kassalarida qolmaganligini ma’lum qilishmoqda. Ayniqsa, so’nggi 5-6 kun ichida kassa muxlislar bilan to’lib toshgan va chiptalar harid qilingan. Biz Ulug’bek bilan suhbat qurganimizda u shunday dedi: «Qani edi yana 1 kun ko’proq konsert taqdim etib barcha muxlislarni xushnud eta olganimda. Biroq, yana bir kunlik konsert dasturini taqdim etish uchun kerakli shaklda xujjatlar tayyorlanishi va unga qo’shimcha kuch sarf qilib, tayyorgarliklarni amalga oshirishimiz darkor. Ijodiy ishlargaku ulgurarmiz, biroq xujjatlarni tayyorlash borasida qiyinchiliklarga duch kelishimiz aniq. Men o’z muxlislarimdan uzr so’rayman! Kelgusi yil konsert dasturimiz kunlari sonini balki yana oshirarmiz. Barcha muxlislarimni sevaman!»
Xullas, mana shunday gaplar! Biz Ulug’bekka yaqinlashib kelayotgan konsert dasturi oldidan omadlar yor bo’lishini tilab qolamiz. Ulug’bek, konsert dasturingiz a’lo darajad o’tadi, bunga ishonamiz!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 453 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *