Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 Okt, 2006

Chiptalar o’z egalarini topdi!!!

ShahriyorShahriyor o’zining albom taqdimotiga juda ham katta tadorik ko’rmoqda. Bu taqdimot antiqa ravishda o’tishi kutilmoqda. Yaqindagina Shahriyor tomonidan taqdim etilgan savollarga muxlislar tezda javob topa olishdi.

Bizning nazarimizda berilgan savollar oson emasdi. Biroq, buni qarangki, ashaddiy muxlislar uchun bu hech qanday qiyinchilik tug’dirmas ekan. Savollar va javoblar bilan tanishing:

Savollar:
1) Men qayerda tavallud topganligim va tug’ilgan sanamni aniq yozib yuboring.
2) Shou-biznes.uz portalida ilk bor men haqimda qachon va qanday maqola yozilgan?(Shahriyor ismi chiqqan maqola).
3) Mening «Do’stmisan» deb nomlangan qo’shig’imga ishlangan klip rejissori kim?

Javoblar:
1) Shahriyor 1989 yil 15 Aprel kuni Samarqand shahrida tavallud topgan.
2) Shou-biznes.uz portalida ilk bor Shahriyor haqida 2006 yil 27 May kuni  «Aktyor va aktrisalar xonandalikka da’vogar!!!» deb nomlangan maqolada ismi chiqqan.
3) Shahriyorning «Do’stmisan» deb nomlangan qo’shig’iga ishlangan klip rejissori Jasur Shametov.

G’oliblar:
1) Sevara Sharipova
2) Olimxo’ja Askarov
3) Nozima Muslimova
4) Sherzod Alijonov
5) Aziza Xotamova
(G’oliblar biz bilan info@sb.uz manzili orqali bog’lanishlari mumkin)

Albom taqdimoti 19 oktyabr kuni soat 20:30da «Flagman» klubi(mo’ljal: metroning »Hamza» bekati)da bo’lib o’tadi. Agarda albom taqdimotida bevosita ishtirok etishni istasangiz klub kassasidan chiptalar xarid qilishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *