Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Yan, 2009

«Buzoq yili»da tug’ilgan yulduzlar!

Muchal yiliMana 2008 yil, «Sichqon yili» ham tarix zarvaraqlaridan joy egalladi. Barchaga ma’lum muchal yillari har 12 yilda takrorlanib keladi. 2009 yil esa «Buzoq yili» hisoblanadi. Ushbu yil qanchalik uning egalari uchun omadli kelar ekan a? Shu jumladan «Buzoq yili»da o’zbek san’atining yorqin yulduzlaridan bir nechtalari ham o’zlarining navbatdagi muchal yoshlarini qarshi oladilar…

 

Sherkhan«Buzoq yili» kirib kelishi bilan birinchilar qatorida ajoyib iste’dodli xonanda Sherkhan, ya’ni Shohruh Jo’raev 3 yanvar kuni o’zining tavallud kunini nishonlaydi. So’nggi paytda ushbu ijodkorimiz biroz sustkashlik bilan ijod qilmoqda. Buning sababini so’raganimizda, u quyidagicha javob berdi: «Bilasizmi, asosiysi soni emas, sifatida… Shuningdek, yanvar oyining 9 sanasida London shahriga ta’lim olgani uchib ketmoqdaman. Hudo xohlasa, ijodimni ham to’xtatib qo’ymayman. Kerak bo’lsa, Londonda O’zbekiston nomini yuqori cho’qqilarga olib chiqishga o’zimning bor kuch va qudratimni namoyon etaman. O’tgan yil men uchun omadli keldi deb to’la ayta olaman. Chunki yil avvalida o’zimning yangi musiqiy albomimni muxlislarim e’tiboriga havola etdim. Kuz faslining o’rtalarida esa do’stim Odil To’laganov bilan birgalikda «O’zbek futboli» deb nomlangan duet qo’shig’imizni havola etdik. Hozirgi kunda o’zbek futbolida ham juda katta rivojlanish ketmoqda…». Sherkhanga ijodiy parvozlar tilagan holda o’z yo’limizda davom etamiz.

Umar Shamsiev24 fevral sanasiga kelganda biroz dam olamiz. Chunki ushbu sanada yana bir yosh ijodkorlardan biri Umar Shamsiev tug’ilgan. Ushbu yilda Umar ham o’zining ikkinchi muchal yoshini nishonlaydi. O’tgan yilda Umar Shamsiev uchun juda esda qolarli voqealarga boy bo’ldi. Chunki 2008 yilda u oqila va odobli yor bilan o’zining oilaviy rishtalarini bog’ladi. Qisqasini aytganda, uylandi. Shu sababli ham bir necha oy oila tashvishlari bilan bo’lib o’zining ijodini o’ylamay qo’ydi. Lekin kuz oylariga kelib, yana ijod qilishga qattiq kirishdi. Uning ijobiy natijasi o’laroq, «Ajoyib kulasan» taronasi dunyoga keldi. Qo’shiq juda sho’x bo’lib, bevosita tinglovchini raqsga chorlaydi. Yil so’nggida esa «Ajoyib kulasan» qo’shig’i uchun rejissor Sa’dulla Hikmatov tomonidan suratga tushirilgan video ketma-ketlikni muxlislari hukmiga havola etdi. Umar Shamsievga kirib kelgan «Buzoq yili» omadli kelishini tilagan holda o’z yo’limizda ildam qadam tashlab boramiz.

Kaniza8 aprel kunida biroz dam olish uchun to’xtaymiz. Ushbu kunda go’zal va latofatli lobar qiz Kaniza dunyoga kelgan. Kanizaning asl ismi Ahmedova Shahrizodadir. 2008 yil chin ma’noda xonanda Kaniza uchun ham juda omadli keldi,-deb to’la ishonch bilan ayta olamiz. Kaniza tomonidan yaratilgan bir necha hit qo’shiqlar xalqimiz orasida ommalashdi. Shuningdek Kaniza «Nihol» mukofoti sovrindori Otabek Mutalxo’jaevning bir nechta kliplarida suratga tushdi. Bu hali hammasi emas. Undan tashqari xonanda Kaniza o’zini kino olamida ham sinab ko’rdi. Muxlislari uning bu ikki taraflama qobiliyatiga yuksak baho berishdi. Beqiyos husnga boy bo’lgan ushbu xonandaga ham o’zimizning iliq tilaklarimizni tilaymiz.

ShohruhxonBahor faslining so’nggi kunlarida, ya’ni 29 mayda o’ziga xos ijodiy yutuqlarga erishib kelayotgan ham xonanda ham aktyor Shohruhxon o’zining tavallud ayyomini nishonlaydi. O’tayotgan yilda Shohruhxon o’zining navbatdagi konsert dasturini muhtasham «Istiqlol» san’at saroyida taqdim etdi. Shu bilan birga rejissor Zebo Navro’zovaning «Quvg’in» filmida o’ziga xos obrazni talqin qildi. Shohruhxonning muxlislari uning ijrosidan ko’ngillari to’lganini ta’kidlab o’tishdi. Yil so’nggida esa huddi shu rejissor «Yigitlar» filmini ham keng ommaga havola etdi. Bu filmda Shohruhxon faqatgina saundtrek yaratish bilan cheklandi…

Oypopuk EshonxonovaUzoq yo’l yurib, yo’l yursak ham mo’l yurib yoz fasliga ham yetib keldik. Yurtimizda yoz fasli juda issiq keladi. Shu tufayli biroz tin olish va muzdek suv ichish maqsadida 23 avgust kuni malika Oypopukxonim Eshonxonovaning qasirlariga keldik. Iya-iya to’xtang… Qanday qasir? Uzr adashib ketdim. Menimcha oftob urdi shekilli… Muchallar haqida gaplashayotgan edik-mi? Demak, qayerga kelgan bo’lsa, o’sha yerdan davom ettiramiz. 23 avgust sanasida maftunkor xonanda Oypopuk Eshonxonova o’zlarining uchinchi muchal yoshlarini qarshi oladilar. «Sichqon yili»da Oypopukxonim ba’zi bir nohush sabablarga ko’ra, ijodlarini to’xtatishlariga to’g'ri keldi. Ammo yilning ikkinchi yarmida yana yangi qo’shiqlar yaratishga o’zlarida kuch topib, muxlislarini hushnud qildilar. «Albatta san’atkor birinchi navbatda o’z muxlislari uchun ijod qiladi. Agar san’atkor bo’la turib, muxlislari bo’lmasa, u san’atkor emas»! Bu Oypopukxonimning bizga bergan fikrlari edi. Yuksak parvozlar tilagan holda biz kuz fasli tomon yo’l olamiz.

Yoqutjon Rajabov27 sentyabr sanasida yana bir ijodkorning tug’ilgan kunlari bilan tabriklash maqsadida to’xtaymiz. Ushbu ijodkorimiz xonanda Yoqutjon Rajapovdir. 2008 yilda Yoqutjon Rajapov har bir fasl uchun alohida – alohida qo’shiqlar yaratdi va muxlislari tomon armug’on qildi. Shu bilan birga ushbu qo’shiqlari uchun maxsus kliplarni ham taqdim etdi. Ko’ramiz, kirib kelgan yilda Yoqutjon Rajapov yana qanday ijod namunalarini yaratar ekan? Nima bo’lgan taqdirda ham ushbu ijodkorga ham omad tilaymiz.

Aziz RajabiyShundan so’ng, Rajabiylar sulolasining vakillaridan biri bo’lgan Aziz Rajabiy o’zining tavallud kunini nishonlaydi. Uning tug’ilgan kuni 14 noyabr sanasidir. Milliy taronalari bilan yoshu-qarini birdek qalbiga kirib kelgan ushbu xonandamiz 2008 yilda 4-5 ta yangi qo’shiqlarini havola etdi. Aziz Rajabiy barcha qo’shiqlarini jonli tarzda ijro etadigan xonandalardan biridir. Har bir taronasini yaratishda ham bor qonun-qoidalarga asoslanib ish ko’radi. Shu sabablidir balki, boshqalarga nisbatan dovrug’i balanddir…

SB.uz portaliSo’zimizning ohirida kirib kelgan «Buzoq yili» barchamizga quvonch, shodlik, omad va asosiysi baxt olib kelishini yaratgan Allohdan so’rab qolamiz. Inson yuksak cho’qqilarga erishishi uchun avvalo shu cho’qqiga intilishi va bor kuch-qudratini ishga solib harakat qilishi lozim. Siz ham hali vaqt borida intiling va o’zingiz orzu qilgan cho’qqilarga erishing! SB.uz portali faqat sizlar uchun! Shuni yodda saqlang…

Durbek SHOFAYZIEV tayyorladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 138 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *