Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
7 May, 2006

Bunyoddan yangi taronani kutib oling.

Bunyod

O’zining “Hamon yuragimda” taronasi orqali ko’plab muxlislar orttirgan Bunyod ayni kunda yana yangi qo’shiqlar ustida ish olib bormoqda. Tez kunlarda siz azizlar Bunyoddan tojik tilida kuylangan “Ay nuri dida” nomli yangi xonishni kutib olishingiz mumkin. Keyingi hafta “TV-Markaz” telekanali orqali ushbu qo’shiqqa ishlangan klipni ham ko’rishingiz mumkin. Ha, aytgancha ko’pchilikka manzur bo’lgan “Hamon yuragimda” taronasini ikkinchi qismi ham tayyorlanayotgan ekan… Bunisiga nima deysiz? “Hamon yuragimda”ni ikkinchisi qachon tayyor bo’ladi? Unga ishlanadigan klipda yana o’sha aktyorlar, ya’ni Ulug’bek Qodirov hamda Rixsitilla Abdullaevlar suratga tushadimi yoki yo’qmi? Bu savollaringizga albatta javob topasiz. Faqat keyinroq.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 48 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *