Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Bugun Tohir Sodiqov tavallud topgan kun!!!
1 Iyul, 2014

Bugun Tohir Sodiqov tavallud topgan kun!!!

Bolalar Show 2014Bugun o’zbek estradasining ilk ijodkorlaridan biri hisoblangan Tohir Sodiqovning tavallud topgan kuni. Iste’dodli xonanda, o’z ishining shubhasiz ustasi, yoshlarning sevimli yulduzi Tohir Sodiqov 1973 yil 1-iyul kuni Toshkent shahrida tavallud topgan, bugun Tohir Sodiqov o’zining 41-yoshini qarshilamoqda.

1989-yildan o’z ijodini boshlagan Tohir Sodiqov hali hanuz yoshlarning eng sevimli xonandasi hisoblanadi. Bunday uzoq muddat ichida o’z mavqeini birdek ushlab turish uncha-buncha xonandalarga ham nasib qilavermaydi. Tohir Sodiqovni muxlislari kun sayin ortsa ortmoqdaki, aslo kamaymayapti. Ishonamizki bundan keyin ham shunday davom etadi.
Biz SB.uz portali ijodiy jamoasi nomidan, qolaversa Tohir Sodiqovning ashaddiy muxlislari nomidan estradamiz yulduzini chin dildan muborakbod etib qolamiz. Unga eng niyatlarimizni tilab qolamiz. Ijodiy barkamollik, oilaviy baxt hech qachon sizni tark etmasin!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 228 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *