Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Iyul, 2012

Bugun Shahzodaning tavallud kuni!

ShahzodaBugun betakror ovoz sohibasi, estradamizning maftunkor yulduzi Shahzoda (Zilola Musaeva)ning tavallud topgan kuni. Ya'ni, 28 iyul! Shahzoda bugun o'zining 33 yoshini qarshi olmoqda. Biz sevimli yulduzimizni muborakbod etamiz!

Har bir insonning tavallud topgan kuni o'sha inson uchun haqiqiy bayram hisoblanadi. Bugun Shahzoda uchun ham ana shunday haqiqiy bayram. Bu bayram nafaqat Shahzodaniki, balki uning ashaddiy muxlislariniki ham hisoblanadi, desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Zero, ashaddiy muxlislar o'z sevimli yulduzining har bir hursandchilik kunini huddi o'zinikidek qabul qiladi. Biz mana shunday ashaddiy muxlislar nomidan, bizning portalimiz nomidan, qolaversa Shahzodaning yaqinlari nomidan Zilolani chin dildan muborakbod etib qolamiz. Unga eng ezgu tilaklar hamroh bo'lishiga tilakdoshmiz. Doimo, bugungidek go'zal va maftunkor bo'lib, chiroyli tabassumini namoyish etib yuraversin. Tavallud kuning muborak, Shahzoda!

Shahzoda


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 255 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *