Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
17 Iyul, 2006

Bugun Shahzoda bilan on-line anjuman bo’lib o’tdi…

ShahzodaEstradamizning eng yorqin yulduzlaridan biri bo’lmish Shahzoda portalimizning on-line anjumanini beshinchi ishtirokchisi bo’ldi. Har bir on-lineda ishtirok etgan xonandalarimiz singari Shahzoda ham «Brixton» internet klubiga yetib kelgach bunday sharoitni kutmaganligini, on-line deganda oddiy bir «chat»ni ko’z oldiga keltirganini ta’kidladi. Shahzodani on-line anjuman oldidan qandaydir hayajon bosganligi yashirib o’tirmadi.

Anjuman fotosuratlarini ko’rish

Anjuman video lavhasini ko’chirib olish
Batafsil o’qing… 

Avval portalimiz xodimasi Matluba Musaeva tomonidan yo’llangan savollarga birma-bir javob bergan Shahzoda anjumanning ikkinchi yarimida muxlislarining savollariga ham to’liq javob qaytardi. Shahzoda savollarga o’zining chiroyli tabassumi ila javob qaytarar ekan, muxlislarining talabiga binoan jonli ijroda ham qo’shiq kuylab berdi. Shahriyor bilan ijro etgan «Birinchi sevgi» nomli taronasining prem’erasi qaysidir ma’noda Shou-biznes olami portalida bo’lib o’tdi, desak ham bo’ladi. On-line anjuman so’ngida Shahzoda eng yaxshi savol egasiga o’zining audio albomini sovg’a tariqasida dastxati ila taqdim etdi. Eng yaxshi savol egasi bo’lgan portalimiz foydalanuvchisi Fotimani yana bir bor tabriklagan holda biz bilan bog’lanishlarini so’arymiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 177 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *