Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 Iyul, 2006

Bugun Roksana bilan on-line anjuman bo’lib o’tdi

On-line RoksanaEstradamizning maftunkor xonandasi Roksana odatda hamma yerga kech qolib borar edi. Lekin bu safar u bergan va’dasiga vafo qilgan holda on-line anjumanimizga o’z vaqtida yetib keldi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, 15:57da «Brixton» internet klubiga yetib keldi. On-line anjumanimiz ham o’z vaqtida boshlandi. Qisqagina intervyudan so’ng muxlislar tomonidan bir soat davomida yo’llangan savollarga Roksana hech ham tortinmasdan javob berdi. Kimdir aqilli, kimdir murakkab, yana kimdir esa bir oz hazilomuz savollari bilan murojaat etdi. Roksana esa barcha savollarga o’zining chiroyli tabassumi ila javob qaytardi. On-line anjumanimizning an’anasiga aylanib borayotgan jonli ijrodan ham ko’p sonli muxlislar bahramand bo’lishdi. Hullas, biz kutgan uchrashuvlarning biri ham kutilgandek a’lo darajada o’tdi. Quyidagi yo’llanma orqali siz on-line anjuman chog’ida tushirilgan rasmlarni tomosha qilishingiz mumkin: Roksana bilan on-line anjuman fotosu’ratlari .


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 66 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *