Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 May, 2006

Bugun Kinochilar uyida "Shiringina armonim" filmining prem’erasi bo’lib o’tdi.

Shiringina armonimBu filmni tomosha qilib, kinotomoshabin hind filmalariga o’zbekcha yondashuv, deyishi mumkin. Darhaqiqat, filmning qay jihatlaridir hind filmlariga o’xshab ketgan. Ko’tarilgan mavzu esa o’zbekchilikni eslatadi. Qishloqdan Toshkentga kelgan ikki qiz va bir yigitning hayoti filmda namoyon bo’ladi. Har doimgidek, filmning mazmun-mohiyatini ochib o’tirmaymiz. Faqatgina bir bor tashrif buyurishni tavsiya etamiz. Zero, madaniy hordiq ham chiqarib turish darkor. Darvoqe, «Shiringina armonim» kinokartinasida Otabek Madrahimov, Aziz Rametov, Shahzoda Bo’taeva («Setora» guruhi a’zosi) kabi estrada vakillari bilan birga Erkin Komilov, Saida Rametova kabi kino yulduzlari ishtirok etishgan. (ertaga fotogallereya sahifasidan film fotosuratlari o’rin oladi)


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 63 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *